Jazoni o‘tash joylaridan qaytgan yoshlarning oilaviy ahvoli va bandligi o‘rganilmoqda

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrisabz tuman kengashi tomonidan jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida ularning oilaviy ahvolini o‘rganib, ijtimoiy-tarbiyaviy choralarni yanada kuchaytirib ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Shahrisabz tuman "O‘rtaqo‘rg‘on" QFYda istiqomat qiluvchi Qanoatov Farrux Eshmurod o‘g‘li bilan bilan uchrashishdi.

Ma’lum bo‘lishicha Qanoatov Farrux adashib qilgan ishidan judayam pushaymon. Hozirda u o‘z qishlog‘idagi yangi qurilgan tamaddixonada halol mehnat qilib, somsapazlik qilmoqda.

Suhbat jarayonida Farrux og‘ir, vazmin, mehnatsevar yigitga aylanganiga amin bo‘lindi. Uning qishloqdoshlari hamda mahalla raisi ham Farruxga ijobiy tavsif berishdi.