Jizzax: Yoshlar orasida ekologik toza transport ommalashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning velosport turini ommalashtirishga qaratilgan “YOSHLAR-TUR” velomarafonining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatning barcha hududlaridan kelgan 400 nafar yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilgan velomarafon qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.
Velomarafonning maqsadi – yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga ommaviy ravishda jalb qilish, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, havaskor o‘smir-yoshlar o‘rtasida velosport turiga qiziqishni orttirish hamda yoshlar o‘rtasida ekologik toza transportni targ‘ib etish va ommalashtirishdir.


Ushbu velomarafon joriy yilda mamlakatimiz bo‘ylab 3 bosqichda, ya’ni, tuman(shahar), viloyat va respublika miqyosida o‘tkazilmoqda. Bugunga qadar esa marafon viloyat va respublika miqyosida tashkil etilgan.
Musobaqada havaskor sportchilar 3 yosh (9-14, 15-17, 18-30) toifasi bo‘yicha ishtirok etishdi. Bellashuvlarning viloyat bosqichi ishtirokchilari Jizzax shahri “Bunyod 95” postidan “Mustaqillik maydoni”ga bo‘lgan masofani bosib o‘tdilar.
Ushbu sport musobaqasida:

9-14 yosh toifasida

1. Ubaydullayev Alisher
2. Sobirjonov Azamat
3. O‘rinboyev Sirojiddin

15-17 yosh toifasida

1. Elmurodov Shoxrux
2. Sodiqov Aslan
3. Ibragimov Begzod

18-30 yosh toifasida

1. Xursanov Nodir
2. Nishonov Akmmal
3. Po‘latov Hojiakbar

Qizlar o‘rtasida

1. Abdumurodova Feruza
2. Nazarova Madinalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

— Muhimi, sovg‘a emas. Biz professional sportga mana shunday kichik-kichik musobaqalar bilan kirib boramiz,- deydi g‘olib Nodir Xursanov. — Tengdoshlarimni chorlab qolaman. Eng muhimi, harakatda bo‘lish!!!
Ushbu loyiha respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.