“Kim epchil-u, kim chaqqon?” Musobaqa davomida 3,5 tonna “oq oltin” terildi

Uchqo'rg'on tumanida tashkil etilgan eng ilg'or terimchilar o'rtasidagi musobaqada barcha ishtirokchilar qanchalik chaqqon ekanliklarini namoyish etishdi.

Ushbu bellashuvda Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashining shahar, tuman Kengashlari qoshida tashkil etilgan "Fidoyi yoshlar" otryadlarining 33 nafar terimchi yoshlari bellashdilar.

Soat 09:00 da start chizig'ida shaylangan ishtirokchilar 14:00 da finalga yetib kelishdi. "Oq oltin" xirmoniga hissa qo'shishda tengsizlar safidagi ishtirokchilar g'oliblik shohsupasi uchun munosib bellashdilar.

Natijalarga ko'ra, esa musobaqa uchun ajratilgan vaqt davomida 149 kg paxta tergan chustlik Qurbonova Zilola eng ilg'or terimchi deb baholandi.

Shu kuni ushbu bellashuv davomida ishtirokchilar tomonidan jami 3,5 tonna "oq oltin" terildi.

Musobaqa tashkilotchilari tomonidan g'ayrati jo'shqin ishtirokchilar qimmatbaho va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.