“Ko’hna va boqiy Buxoro” majmuasida “Kamalak” a’zosiman!” loyihasi o’tkazildi

Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi tashabbusi bilan "Ko'hna va boqiy Buxoro" majmuasida "Kamalak" a'zosiman!" loyihasi o'tkazildi.

Unda shahardagi 41 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarining 200 nafar o'quvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Zarif Komilov ochib, barcha bolajonlarni shodiyona bilan tabrikladi.

  

Shundan so'ng, o'quvchilar tashkilot a'zosi bo'lish uchun Qasamyod qabul qilishdi. Ularga "Kamalak" ko'krak nishonlari taqildi. Loyiha konsert dasturi bilan davom etdi. Unda sportchi yoshlarning ko'rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida Bolalar musiqa va san'at maktabining iqtidorli yoshlari tomonidan ajoyib taronalar ijro etildi.