Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari muzeyda

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi yoshlar turizmini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tashabbus ko‘rsatdi. Yoshlar yetakchilari hududdagi 50 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini “Farhod” madaniyat saroyida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati muzeyiga sayohatini tashkil qilishdi.

- Men ushbu muzeyda viloyatimizning tarixi, bugungi kuni bilan yaqindan tanishdim. Bunyodkorlik ishlari menda qiziqish uyg‘otdi. Men kelgusida xorijiy tillarni o‘rganib, viloyatimning rivojlanishi uchun o‘zimning munosib hissamni qo‘shaman, - dedi tarbiyalanuvchi Azimbek Quvondiqov.

Sayohat yoshlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.