Mutlaqo tekin kasb-hunar sirlarini o’rgatadigan to’garaklarimiz ish boshlamoqda

Xorazmdagi "Yoshlar markazi"da Oshpazlar uyushmasi ham ish boshlash arafasida!

Hozirgi kunga qadar Markazda 6 ta to’garak bilan birga Sartaroshlar uyushmasi va Inklyuziv ta’lim markazi faoliyati yo’lga qo’yilgan edi.

Endilikda yoshlarimiz talabiga binoan, Oshpazlar uyushmasi faoliyati ham yo’lga qo’yiladi.

Bugun tajriba sifatida uyushma rahbari karving san'atini yig'ilgan yoshlar e'tiboriga havola qildi. 2 soat ichida mazkur uyushmaga 20 nafar yosh a'zo bo'lish istagini bildirdi.

- Oshpazlar uyushmasi sizlarni "Yoshlar markazi"ga chorlaydi. Siz uchun milliy va yevropa taomlari, karving san'ati, turli salatlar tayyorlash va boshqa oshpazlik sirlarini o'rgatishga doimo tayyorman, - dedi uyushma rahbari Shuhrat Matnazarov!