“Muvaffaqiyatli inson bo‘lish texnologiyasi” 

“Maqsad muammodan kattami?”
“Bahona nimalarga olib keladi?”
“Odamlar o‘zgarishlardan qo‘rqadilarmi?”
“Qachon va qanday qaror qabul qilish kerak?”
“Muvaffaqiyatli inson bo‘lish texnologiyasi” 
kabi mavzularni o‘z ichiga olgan biznes klubning ilk mashg‘uloti yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Biznes klubning dastlabki seminar-treningini malakali xalqaro biznes trener Alisher Islomov “MUVAFFAQIYATLI INSON BO‘LISH TEXNOLOGIYASI” mavzusida o‘tkazdi.

Ushbu biznes klub mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlari, akademik litsey bitiruvchilari hamda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Klub o‘z faoliyati davomida yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli mikrokreditlar ajratish, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, yosh tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish, davlat tomonidan yoshlarga sohaga oid yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida tushuncha berish, garov ta’minotiga ehtiyojmand yosh tadbirkorlarni aniqlash va ularning istiqbolli biznes loyihalarini moliyalashtirish kabi vazifalarni bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ta’sischiligidagi O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan ushbu “BIZNES KLUB” faoliyati tashkil etilgan.

Birinchi mashg‘ulot biznes klub ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

Qiziqqanlar uchun takrorlaymiz. Biznes klub haftaning payshanba kuni soat 15:00da O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani Qatortol - 60- "B" uy
Mo‘ljal: “Qatortol Savdo Markazi”, “Parus” sepermarketi o‘rtasida.

Tel: (95) 145-80-04