“Muvaffaqiyatli inson tamoyillari”: Biznes psixolog Venera Ermetova yosh tadbirkorlar uchun shu mavzuda master-klass o‘tkazdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tasarrufidagi O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi qoshidagi “BIZNES KLUB”ning navbatdagi seminar-treninggi biznes psixolog Venera Ermetova tomonidan o‘tkazildi.

Mavzu: “Muvaffaqiyatli inson tamoyillari”

Biznes psixolog Venera Ermetova tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda maqsadni to‘g‘ri tanlash yuzasidan guruhlar kesimida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.

Mashg‘ulot qiziqarli, munozalarga boy tarzda, yoshlarga guruhda ishlash ko‘nikmasini shakllantirdi.

Ishtirokchilar biznesda muvaffaqiyat qozonish yo‘llari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldi.