Namangan: “Yoshlar-TUR” velomarafonida yosh sportchilar kashf etildi

7-sentabr kuni Namangan shahrida “Sof-savdo” majmuasidan “Tinchlik maydoni” yo‘nalishi bo‘yicha “Yoshlar-TUR” yoshlar velomarafoni o‘tkazildi. Namangan shahridagi “Sof-savdo” majmuasi oldidan sportchilarga start berildi.

Musobaqaning birinchi bosqichida tuman (shahar)lardan jami 3000 nafardan ziyod xavaskor velosportchi yoshlar ishtirok etdi.
Velomarafonning viloyat bosqichida 216 nafar mahalliy bosqichda g‘olib bo‘lgan hamda 360 nafar havaskor (jami 576 nafar) velopoygachilar “Sof-savdo” majmuasidan “Tinchlik maydoni” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdilar. Mazkur yo‘nalish bo‘ylab 4000 nafardan ziyod o‘quvchi-yoshlar sportchilarni tantanali qo‘llab-quvvatlab turdilar.
Mazkur velomarafonni viloyat Velosport federatsiyasining malakali hakamlar hay’ati baholab bordi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, 9-14 yosh toifasi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni Namangan shahridan Nafikov Ruslan, 2-o‘rinni Namangan shahridan Avezov Sherjon, 3-o‘rinni Namangan shahridan Usmonov Danil egalladi. Qizlar o‘rtasida 1-o‘rin Namangan shahridan Pachchanova Diyana, 2-o‘rin Pop tumanidan Jaloldinova Parvina, 3-o‘rin Kosonsoy tumanidan Adashboyeva Sevaraga nasib qildi.


15-17 yosh toifasi bo‘yicha, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘ringa Namangan shahridan Nuriddinov Akbar, 2-o‘ringa Chust tumanidan Inomaliyev Akmal, 3-o‘ringa Namangan shahridan Burxonov Abdullo loyiq ko‘rildi.
Qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni Uychi tumanidan To‘lqinova Muxtasar, 2-o‘rinni To‘raqo‘rg‘on tumanidan Isoqova Sevara, 3-o‘rinni Chust tumanidan Nishonova Ra’no egalladi.

18-30 yosh toifasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni Namangan shahridan Ikromov Umid, 2-o‘rinni Namangan shahridan Yakuboyev Alisher, 3-o‘rinni Namangan shahridan Halilov Artur egalladi. Qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni To‘raqo‘rg‘on tumanidan Ikromova Odina, 2-o‘rinni Pop tumanidan Vaxobova Dilafruz, 3-o‘rinni Kosonsoy tumanidan Alimova Shaxnozalar qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, velopoygada faol ishtirok etgan bir qator sportchilarimiz “Faxriy poygachi”, “Eng mahoratli texnik poygachi”, “Eng yosh poygachi” nominatsiyalari bo‘yicha ham sovrindor bo‘ldilar.

Tadbir so‘ngida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.