Nurobodda 11 nafar imkoniyati cheklangan yoshlarga kiyim-kechak hamda maxsus aravachalar topshirildi

Nurobod tumanidagi "Madaniyat uyi"da tuman prokuraturasi, tuman hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan yoshlarni diniy ekstremizm, odam savdosi va giyohvandlikning salbiy illatlaridan asrashga qaratilgan madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida tumandagi 11 nafar imkoniyati cheklangan yoshlarga kiyim-kechak hamda maxsus aravachalar taqdim qilindi.

Shuningdek, yig‘ilganlarga ushbu illatlarga qarshi kurashish g‘oyalarini o‘zida aks ettirgan film namoyish qilindi.

Tadbir tuman, viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi bilan yakunlandi.

Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar yoshlarni mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada jipslashtirishga va yon atrofimizdagi kishilarga bo‘lgan mehr-oqibat tuyg‘ularini oshishiga xizmat qiladi.