“O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni” Forumi

14 avgust kuni Shahrisabzda “O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni” Forum tashkil etildi.

Mazkur Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘tkazildi.

Forum O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat, Sog‘liqni saqlash hamda Ichki ishlar vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Forumga ishida turizm sohasi bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy xodimlar va malakali o‘qituvchilar, madaniy meros va muzey sohasidagi tajribali mutaxassislar, turoperatorlar, gidlar hamda talabalar ishtirok etmoqda.

Yurtimizda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan mazkur forum doirasida Munozara seksiyalari tashkil etilib, ushbu seksiyalar quyidagi 4 yo‘nalishda ish olib bormoqda.

Ichki turizm turlari va shakllarining rivojlanish istiqboli;

- Yoshlar turizmi, turizmga ixtisoslashgan ta’lim, bunda jamoat tashkilotlarining roli;

- Hududlardagi turizm infratuzilmasi holati (joylashtirish vositalari, yo‘lovchi logistikasi, yo‘lbo‘yi infratuzilmasi va b.), bunda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining roli;что х

- Ichki turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Forum ishini olib bordilar.

Shuningdek, Forum doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi davlat turizm qo‘mitasi o‘rtasida memorandum imzolash marosimi hamda “O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etilishi kutilmoqda.