O‘zbekiston yoshlar ittifoqi e’lon qiladi!

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi taqdim etadi!
14-sentabr kuni “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining bir yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev yoshlar, ularning vakillari hamda OAV xodimlarini ochiq muloqotga taklif etadi. 

Tashrif buyuruvchilar bevosita ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar haqida yaqindan tanishishlari, qolaversa, muammo va takliflari bilan ishtirok etishlari mumkin. Eng muhimi, hammasi ochiq, minbarning egasi Siz bo‘lasiz!
Bu hali hammasi emas. Ayni shu kuni bir guruh yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyuradi. Ushbu Qonunning yoshlar hayotidagi ahamiyati xususida yana bir ochiq muloqot deputatlar va yoshlar o‘rtasida amalga oshiriladi.
O‘tkaziladigan vaqt: 10:00dan 12:00gacha. Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi
Bizda uchinchi muhim xabar. Ayni shu kuni yoshlar bilan ishlashda yanada samaradorlikka erishish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi o‘rtasida anglashuv Memorandumi imzolanadi.
O‘tkaziladigan vaqt: 12:00dan 13:00gacha O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi binosi
Xullas, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining bir yilligi sizning hayotingizda muhim sahifa ochishi mumkin.
Siz kutgan “Ochiq muloqot” esa 15:00da “Yoshlar ijod saroyi”da boshlanadi.  Muammolaringiz, takliflaringiz eshitiladigan va yechim topiladigan bunday imkoniyatni boy bermang!