O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 5-iyuldagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Yosh oilalar va qizlar” I Respublika Forumini tashkil etdi.

Ushbu Forum doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘mita tomonidan joriy yilning 7-12-avgust kunlari “Xalqaro yoshlar kuni" hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida “Yosh oilalar va qizlar” I Respublika Forumi doirasida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 

“Men ham yetakchi bo‘laman”, “Fan-ta’lim — kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati, kitob taqdimoti hamda “Oilam kitob o‘qisa”, “Kim nimaga qodir?” “Sog‘lom turmush tarzi”aksiyalari, “Yosh oilalar va qizlar” I Respublika Forumining yakuniy bosqichida esa O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “Yosh oilalar va qizlar bilan ishlash bo‘yicha strategiyasi” taqdimoti hamda “Qizlarjon” klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Birlashgan millatlar tashkilotining Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi (UNFPA) O‘zbekistondagi bosh vakili yordamchisi Ulug‘bek Zarifbayev ishtirok etdi.