Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqining mazmun-mohiyati “Yoshlar press-klubi”da muhokama qilindi

Kuni-kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Yoshlar press-klubi” 4-sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.
Bevosita tashrif buyurgan spikerlar ushbu nutqning mazmun-mohiyati haqida fikr bildirarkan, uning yoshlar kelajagiga yana bir e’tibor ekanligi, nutqda inson manfaatlari hamma narsadan ustun qo‘yilgani, Strategiya – yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturi ekanligi, O‘zbekistonning xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi pozitsiyasi, mintaqadagi o‘tkir ekologik muammolar – Orol halokati haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

  
Ishtirokchi yoshlar ham munosabat bildirishda spikerlardan ortda qolishmadi.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu nutqni O‘zbekiston yoshlari faxr va iftixor bilan qabul qilib, Davlat rahbarining g‘oyalari va jahon minbarida baralla aytgan haq so‘zlarini e’tirof etishdi.