Rahbar bo‘lish istagidagi yoshlar uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqidan eksklyuziv imkoniyat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga 4 oylik qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun qabul boshlandi.

Nomzodlarga qanday talablar qo‘yiladi?

— oliy ma’lumotli bo‘lishi shart;
— 30 yoshdan oshmagan;
— kamida ikki yillik ish stajiga ega;
— O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardan xabardor, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida chuqur bilimga ega;
— O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi va vazifalaridan xabardor, mazkur tashkilot tizimida ish tajribasiga ega;
— mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish lozim.

Hujjatlar qachongacha qabul qilinadi?

Hujjatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida
2017-yil 15-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar qanday saralanadi?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ikki bosqichli tanlovdan o‘tadilar.
Birinchi bosqichda O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon (test), ikkinchi bosqichda talabgorlarning yetakchilik qobiliyati va dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan suhbat o‘tkaziladi.

Nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Ariza (institut direktori nomiga).
  2.  Ish joyidan tavsiyanoma (rahbar imzosi bilan).
  3.  Diplom nusxasi ilovasi bilan (asli ko‘rsatilishi shart).
  4.  Belgilangan shakldagi ma’lumotnoma (obyektivka).
  5.  Mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi.
  6.  3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (4 dona).
  7.  №086-U formadagi tibbiy ma’lumotnoma.
  8.  Pasport nusxasi.

    Unutmang, bu Sizning va O‘zbekistonning farovon kelajagi uchun katta imkoniyat! Siz rahbar bo‘lib hayotni ezgulik sari o‘zgartirishga qodirsiz!