“Raqs sehri” xalqaro festivalida qadimiy Xiva “jonlandi”!

O'zbekistonning o'ziga xos betakror milliy raqs san'atini butun dunyoga namoyish etish va viloyatimizda "Art" turizmini rivojlantirish maqsadida "Raqs sehri" xalqaro festivali Ichan qal'a davlat muzeyi qo'riqxonasida boshlandi.
Mazkur festival Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Xiva shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi, Hunarmand uyushmasi, «O’zbekkonsert” va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda.
Ushbu "Raqs sehri" xalqaro festivalida etnografik ansambllar chiqishlari, teatr tomoshalari, hunarmandchilik ko'rgazmalari: milliy kulolchilik maktablari, Qo'g'irchoq ustalari va Xiva gilamchilik ko'rgazmalari namoyishlari, raqs jamoalarining mahorat darslari namoyishi, milliy osh musobaqasi, tasviriy va amaliy san'at ko'rgazmalari, milliy kurash va boshqa sport musobaqalari 3 kun davomida tomoshabinlarga taqdim etiladi.
Marko Kapedri, italiyalik sayyoh:
— Men Xorazmga ko'p bora tashrif buyurganman. Bu yilgi tashrifim raqs festivaliga to'g'ri kelganidan juda mamnunman. Yurtingizning milliylikka bo'lgan sodiqligi menda hayrat uyg'otdi. Milliy kurash musobaqalari, ayniqsa menda katta taassurot qoldirdi. Barcha viloyatlar o’zlarining milliy hunardmanвchligini ko’z-ko’z qilib havasimni keltirdi. Xorazm ahliga go'zal festival uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman!
— Biz mazkur festivalda birinchi bor ishtirok etishimiz. Kuni kecha Xiva shahriga yetib kelgan bo'lsakda, yo'l charchog'i bizni aslo chalg'itmadi. Bizning san'atimiz bir, raqslarimiz uyg'un, — deydi ishtirokchi Qoraqalpog’istonning “Amu to’lqini” folklor ansambli rahbari Oltinoy Tulaganova.
Festival davom etmoqda!!!