Respublikamizda maktab sardorlar kengashi saylovlari bo`lib o`tmoqda!

Ma`lumki, bugungi kunda 2017-2018 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida Sardorlar va Yetakchilar Kengashi saylovlarini o`tkazish maqsadida respublikamizning barcha o`rta umumta`lim muassasalarida maktab Sardorlar Kengashi saylovlari bo`lib o`tmoqda.

Bunda joriy yil sentabr oyning boshi holatiga saylov o`tkazilgan maktablar soni 8947ga yetib bordi va saylov jarayoni natijasida saylangan sardorlar kengashi a`zolari soni 177382ni tashkil etdi.

Mazkur saylovlar “Kamalak” a’zosiman!” tadbirlari doirasida o‘tkazilmokda. Ya`ni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1-4 sinf o‘quvchilarini a’zolikka qabul qilish tadbirlari joriy yilning 6-7 sentyabr kunlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 5-7 sinf o‘quvchilarini qaytadan a’zolikka qabul qilish tadbirlari joriy yilning 8-9 sentyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

A’zolikka qabul qilinuvchi o‘quvchilar nomidan a’lochi, iqtidorli, tengdoshlari orasida har tomonlama o‘rnak bo‘lgan o‘quvchi tomonidan “Kamalak” bolalar tashkilotiga a’zolik qasamyodi o‘qiladi. O‘quvchilar a’zolik qasamyodini qabul qiladi va ularga “Kamalak” ko‘krak nishonlari taqdim etiladi. Saflanishlarga senator va deputatlar, shoir va yozuvchilar, taniqli san’atkorlar, sportchilar, davlat mukofotlari sovrindorlari taklif etilishi, Vatanni madh etuvchi, baxtli bolalik va yoshlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslardan iborat bayram dasturi rejalashtirilgan.