«Salohiyatli yoshlar – yurt kelajagi» mavzusida onlayn videomuloqot bo‘lib o‘tdi

Bugun «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyatida «Salohiyatli yoshlar – yurt kelajagi» mavzusida onlayn videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

Barchamizga ma’lumki, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati universal sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lib, barcha turdagi yuridik va jismoniy shaxslarga 100 turdan ortiq sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Bugun “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda sug‘urta kompaniyasi tizimda faoliyat yuritayotgan 500 nafardan ortiq yoshlarga tashkilot tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Yoshlarning takliflariga binoan, kompaniya tizimida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotini tuzish yuzasidan kelishib olindi va bu borada ularning fikr-mulohazalari o‘rganildi.