“Salomatlik va ekologiya posbonlari”: Ular bolajonlarning sog‘ligi uchun qayg‘uradi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan Buxoro shahridagi 1-son Musiqa maktabida “Salomatlik va ekologiya posbonlari” ko‘ngilli yoshlar guruhlari uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Yo‘nalish sardorlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotlarda 78 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularda tibbiy va ekologik ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida o‘tkazilgan mahorat darslarida faol ishtirok etganlar taqdirlanishdi.