Sardor Safarqulov nurotalik yosh tadbirkor

Sardor Safarqulov nurotalik. U yaqinda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ko‘magida o‘z faoliyatini boshlagan yosh tadbirkor.

Eng qizig‘i, o‘z tengdoshi bo‘lgan 3 nafar yigitga hunarmandchilikning sir-asrorlarini ham o‘rgatib kelyapti.

Ajabmas, yaqin kunlar ichida 10-15 tacha ish o‘rni yaratib, vaqtincha ishsiz yoshlar bandligini ta’minlasa...