Surayyo Xolmatova: “Hozir onam otryadimizning faxriy a’zosiga aylanganlar”

Ilg'orlik, faollik, vatanparvarlik va albatta, fidoiylik - bu bizning shiorimiz!

Bu "oq oltin" dalalarida javlon urayotgan namanganlik tengdoshlarimizning shiori!

Mohira Rahmatullayeva: "Fidoiy yoshlar" otryadlari tuzilganini eshitib, birinchilardan bo'lib, ularning safiga kelib qo'shildim. Aslida qo'limda guldek hunarim bor. Lekin, ushbu mavsumiy ish bilan shug'ullanishni o'zim istadim va bu bilan faxrlanaman. Axir dehqonlarimizning peshona teri to'kilgan dalalarda yastanib yotgan lo'ppi paxtalarimiz uvol bo'lmasligi kerak-ku. Dehqonlarimizga biz yoshlar yordamlashmasak, kim yelkadosh bo'ladi!?

Surayyo Xolmatova: Men onam bilan birga har kuni erta tongdan oppoq dala tomon shoshib kelamiz. Bir zumda etagimiz oppoq paxtalarga to'ladi. Men "Fidoiy yoshlar" otryadi a'zosi bo'lganimda onam Yoshlar ittifoqining xodimlariga meni ham olinglar shu otryadga degandilar. Hozir onam otryadimizning faxriy a'zosi bo'lganlar. Biz oilamiz bilan o'z mehnatimizga yarasha olayotgan rag'batdan juda ham mamnunmiz.