Termizlik 4 nafar kollej o‘quvchisi dars paytida qayerda edi?

Surxondaryo viloyatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish hamda voyaga yetmaganlarni tungi vaqtlarda ota-ona nazoratisiz ko‘ngilochar (tungi klublar, kafe, bar, restoran, kompyuter xonalarda) joylarda bo‘lishlarini oldini olish va ular bilan doyimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Holatni o‘rganish maqsadida jamoatchilik nazorati o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 2 oktyabr kuni viloyat Kengashi tashabbusi bilan Termiz shaxrida davomad reydlari o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida dars vaqtida darsda bo‘lmagan 4 nafar voyaga yetmagan yosh bozor, kafe, barlarda yurgani aniqlandi.

Kollej direktorlari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilari chaqirtilib, tushuntirish xatlari olindi. Yoshlarga ogohlantirish berildi.

Nazorat deydlari davom etadi.