Uchar tulporlar, muborak!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoraqalpog‘istonlik 50 nafar uzoq masofadan maktabga qatnaydigan o‘quvchilarga velosiped sovg‘a qildi.
Ayni kunlarda “Yoshlar targ‘ibot” poyezdi a’zolari butun Qoraqalpog‘iston bo‘ylab turli yo‘nalishlarda, qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan, ijtimoiy himoya masalasida ham qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Qoraqalpog‘istonning eng chekka hududlari bo‘lgan Kegeyli, Mo‘ynoq, Qonliko‘llik yoshlar uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi munosib sovg‘a taqdim qildi. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga 50 ta velosiped berildi.


— Oldinlari jonajon maktabimga deyarli bir soatda borardim. Endi mening oltin tulporim bor. U bilan 10 minutda uchib boraman. Sizlarga rahmat, — dedi quvonchini yashirmay Qonliko‘llik 5-sinf o‘quvchisi Alisherbek. Endi yaxshi o‘qib, o‘zim mashina olaman.
Targ‘ibot loyihasi davom etmoqda.