Ulkan xirmonga salmoqli hissa qo‘shayotgan g‘uzorliklar mehnati munosib rag‘batlantirildi

Dalalarida mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini tez va sifatli terib olishda fermer xo‘jaliklariga yelkadosh bo‘lishni maqsad qilgan “Fidoiy yoshlar" otryadi a’zolarining ishtiyoqi va ko‘magi sababli ulkan paxta xirmoni bunyod bo‘layapti.

Bu borada G‘uzor tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar ittifoqi G‘uzor tuman Kengashi tomonidan uyushmagan yoshlarni mavsumiy ish bilan ta’minlash orqali ularning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida 5 ta “Fidoiy yoshlar" otryadi tashkil etilgan.

Dalalarda yetishtirilgan hosilni uvol qilmasdan yig‘ish ishlarida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan shijoatli yoshlardan iborat “Fidoiy yoshlar otryadi” a’zolari “Eng ilg‘or terimchi”, “Eng yaxshi otryad rahbari”, “Eng yaxshi fermer xo‘jaligi rahbari” va “Eng faol tashkilotchi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining sovg‘alarini qabul qilib olishdi.

Hammasi ajoyib. Rag‘bat ularga katta kuch, e’tibor esa kelajakka umid tuyg‘usini qalbiga jo qildi.