Uyushmagan yoshlar masalalariga bag`ishlangan konferentsiya bo`lib o`tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishishning ilmiy-amaliy masalalariga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Konferentsiyada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, yosh ilmiy tadqiqotchilar, turli soha mutaxassislari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Uyushmagan yoshlar ijtimoiy qatlamini o‘rganish, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, qayta tayyorlash va bandligini ta’minlashni zamon talablari asosida tashkil etish, bu borada olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini takomillashtirishni maqsad qilgan ushbu konferensiyaning yalpi yig‘ilishida hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.

Konferensiyaning yalpi yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Q.Qo‘chqorovich ochib berdi va moderatorlik qildi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari T.Narbayeva, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov hamda qator yuqori davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari rahbarlari ma’ruza qilib, ushbu muammoning nafaqat jamiyatning buguni, balki ertangi taqdirini ham belgilashdagi ahamiyati, tushunchaning mazmun-mohiyati, idoralararo hamkorlik masalalariga alohida urg‘u berishdi. Konferensiya davomida aniq takliflar mexanizmini ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.