“Vijdonli sotuvchi” aksiyasi — yoshlarning manfaatini himoya qiladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tomonidan viloyat soliq boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlari sotilishining oldini olish hamda bolalar mehnatini muhofaza qilishga qaratilgan "Vijdonli sotuvchi" aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya doirasida bir qator do‘konlarga reyd o‘tkazildi. Natijaga ko‘ra, ba’zi do‘konlarda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish, ba’zi birlarida esa xuddi shunday yoshlarga spirtli ichimliklar sotilayotgani aniqlandi. Vaziyat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rildi.

Ushbu aksiya Respublikaning barcha hududlarida davom etmoqda.