Yagona maqsadimiz – yoshlarimizni asrash, ularni porloq kelajakga yetaklash

Avval xabar berganimizdek, biz yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qolaversa, ularni turli buzg‘unchi g‘oyalardan asrash maqsadida bir nechta loyihalarni amalga oshiryapmiz.

Kuni kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi hamda IIB hamkorligida Qarshi shahridagi klublar, chilimxonalarda tungi reyd o‘tkazildi.

Reyd davomida,afsuski, kishi dilini ranjitadigan qator holatlarga duch kelindi. Yosh qizlar, o‘smir yigitlarning qilib turgan ishlari biznida o‘ylantirdi.

Nahotki, farzandlarimizning nazoratini qo‘ldan chiqaryapmiz...

Hamkorlar aniqlangan holatlar yuzasidan voyaga yetmagan yoshlarning ota-onalari bilan uchrashdi. Tushuntirish ishlarini olib borishdi.