Yetakchi estafetasi: “Ustozingdan xabar ol”

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar "O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ni o‘ziga xos tarzda kutib olishdi. 
Erta tongdan barcha yoshlar ustozlarini kutib olish va ularni bayram bilan tabriklash maqsadida jam bo‘lishdi. Har bir ustoz yoshlarning hurmat va ehtiromi ostida gullar bilan kutib olindi.


Ertalabdan tashkilotning barcha xodimlariga yaxshi kayfiyat ulashgan “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi yoshlari ishni paysalga solmasdan “Ustozingdan xabar ol” nomli estafetani ham boshlab yuborishdi.
Bunga ko‘ra, soha yoshlari o‘z ustozlaridan xabar olish orqali estafetani o‘zi bilan faoliyat olib borayotgan hamkasbiga topshirishi kerak edi.
Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlarning faolligini yanada oshirdi.

Hozirda estafeta davom etmoqda.