Yosh ijodkorlar Bo‘stonliqga jo‘nab ketdi

Bugun Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar”oromgohida “Yosh ijodkorlar” Respublika I Forumi boshlanadi.

Unda Respublika yosh ijodkorlar Kengashi raisi, tashkilotning Vasiylik Kengashi a’zolari, yosh ijodkorlar, she’riyat muxlislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur Forumni tashkil etishdan asosiy maqsad — mamlakatimizning turli hududlarida ijod qilayotgan yosh iste’dod egalarini izlab topib, ijodkorlar davrasini yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, chinakam adabiy muhitni yaratish, yoshlarni ommaviy ravishda kitobga, adabiyotga mehr-muhabbatini oshirish, yosh o‘g‘il-qizlarni yuksak ma’naviyatli, salohiyatli, vatanparvar bo‘lib tarbiyalanishida adabiyotning roli va ahamiyatini oshirish.

Qolaversa, Kengash yoshlar orasidan ijodga, adabiyotga ishtiyoqi borlarni kashf etib, ularni rag‘batlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishni ham maqsad qilgan.

Bizni kuzatib boring. Forum jarayonlari haqida ma’lumot berib boramiz!