Yosh ijodkorlar mahorat darslarida charxlandi

Yosh ijodkorlar seksiyalarda mahorat darslarini o‘tkazishdi. Darslar ijodiy suhbatga aylanib ketdi. She’riyat yo‘nalishida ishtirokchilar o‘z ijod namunalarini do‘stlari va ustozlari bilan bo‘lishib mushoira tashkil qilgan bo‘lsalar, nasr va publisistika yo‘nalishi uchun ajratilgan xonalarda sohaga oid qizg‘in suhbat va munozaralar tinmadi.

Ayniqsa, tarjima yo‘nalishidagi ijodiy suhbatlar o‘zining turli tillarda ifodalangani bilan ajralib turdi.

Yosh dramaturglar esa, o‘z navbatida o‘zbek dramaturgiyasi, teatri va kinosi borasida fikr almashdilar. Bundan tashqari ular Forumning yopilish marosimida o‘zlari sahnalashtirgan spektakl namoyishi bilan boyitishni maqsad qilishdi.

Forumning ikkinchi kunida ishtirokchilardan Respublika yosh ijodkorlar Kengashining kelgusi faoliyatiga doir takliflar olindi. Mavjud talablarni o‘rganish, ta’bir joiz bo‘lsa, Forumning kelajak yo‘lini bevosita yosh ijodkorlar ozi belgilab oldi.