Yosh tadbirkorlarimiz soni yana bittaga ko‘paydi

Qahramonimiz Sayyora Ziyodullayeva endilikda kichik tadbirkor. U “Mening biznes g‘oyam — 2017” tanlovining ishtirokchisi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ko‘magi bilan yaqinda kichik tadbirkor sifatida ish boshladi.

Hozirda u Nurota milliy kashtachiligini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. Qolaversa, dugonalarini ham ish bilan ta’minlash ilinjida. Niyati — o‘zbek milliy hunarmandchiligi an’analarini dunyoga keng yoyish.

Berilgan imkoniyatdan esa juda mamnun.