“Yoshlar poyezdi” ishtirokchilarini Nukus temir yo‘l vokzalida keng jamoatchilik vakillari kutib oldi

Bugun “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida tashkil etilgan “Yoshlar poyezdi” Nukus shahriga keldi.
Marosimni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari M.Jumanov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi A.Daniyarov ochib berdi. Ushbu loyihaning mohiyati, yoshlar hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.


Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va qishloqlarida, olis ovullarida uch kun davom etadigan targ‘ibot tadbirlarida yosh olimlar, shoir-yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, taniqli sportchilar, tadbirkorlar, estrada xonandalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari yoshlar bilan uchrashib, muloqotlar o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar qoraqalpoq milliy qo‘shiqlari va raqslari ostida matbuot anjumani o‘tkaziladigan "Yoshlar markazi"ga yo‘l olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting.