“Yoshlar press klubi”ning navbatdagi sessiyasida yana bir muammo muhokama qilindi

"Balog'at yoshiga yetgan qizlar oilaga tayyormi?"

Ushbu mavzu doirasida Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi rahbari Mahmuda Kattaxo'jayeva, O'zbekiston Milliy universiteti Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raisi La'lixon Muhammedjanova, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Yosh onalar va qizlar bilan ishlash bo'limi mudiri Gulhayo Ergasheva o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Sessiyada bugungi kunda ushbu sohadagi muammolar atroflicha muhokama qilindi. Yaqin kunlarda "Yoshlar" telekanali orqali ushbu sessiya jarayonini tomosha qilib, to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.