“Yoshlar” tarifi — orzularimiz haqida suhbatlashamiz!

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi, ayniqsa, yoshlar mobil aloqadan faol foydalanmoqda.

Mobil aloqa operatori tanlovi esa narx va sifat kesishmasiga asoslangan. Bu, ayniqsa, yuqori sifatli aloqa operatoriga muhtoj yoshlar uchun juda muhim.

Yoshlarning bu ehtiyojlarini qondirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “UZMOBILE” Milliy mobil aloqa operatori bilan hamkorlikda maxsus ijtimoiy loyiha — “Yoshlar” tarif rejasini yo‘lga qo‘ydi.

Bu tarif rejani yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni bir tarmoqga to‘plab, haqiqatdan yoshlarbop, sifatli va ma’qul aloqa uchun imkoniyatlar ochib beradi.

Eng asosiysi, tarif reja ichidagi qo‘ng‘iroqlar mutlaqo BEPUL!

Unga ulanishning yagona sharti esa — O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lishdir. Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi saytda amalga oshiriladi: http://reg.yi.uz

Endi mamlakatimizning faol yigit va qizlari, Yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lib, suhbatning narxi haqida o‘ylamasdan, hech qanday cheklovlarsiz bir-birlari bilan muloqot qilishlari mumkin.