“Yoshlar” tarifining siz tasavvur ham qilmagan qulayliklarini ma’lum qilamiz!

“Yoshlar” tarif rejasi abonenti hisobni oyiga 5 ming so‘mga to‘ldirib, tarmoq ichida mutlaqo bepul muloqot qilish imkoniyatini ko‘lga kiritadi.

Tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlari – 25 so‘m, 1 MB Internet – 25 so‘m, 1 Xalqaro yo‘nalishdagi SMS – 500 so‘m.

Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar mutlaqo bepul.

Bu tarif hozirda eng ma’qul tariflardan biri. Bunaqasi hali O‘zbekistonda bo‘lmagan.

Ta’kidlash joizki, ushbu hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmoni doirasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun keng imkoniyatlar ochib bermoqda.

Bunday ijtimoiy yo‘naltirilgan loyiha O‘zbekistonda ilk bora amalga oshirilmoqda. Yagona maqsadimiz — barcha yoshlarni vatanparvarlik ruhida birlashtirish.