Yoshlar turizmi rivojlanmoqda

Boуsunlik 30 nafar yoshning orzusi ushaldi.

Jannatmakon yurtimizda so’lim go’shalar, tarixiy obidalar, diqqatga sazovor joylar talaygina. Ayniqsa, Alpomish-u Barchinoylar, buyuk muhaddislar yurti bo’lmish - Surxon vohasi ham ana shunday jannatmakon go’shalardan hisoblanadi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan bir guruh yoshlar ishtirokida viloyatimizda ichki turizmni rivojlantirish, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarga sayohat uyushtirildi.

Boysun tumanidan tashrif buyurgan 30 nafar yosh vohamizdagi eng diqqatga sazovor joylar: Sherobod tumanidagi Imom Termiziy majmuasi, Sherobod sement zavodi, Termiz shahridagi Hakim at-Termiziy ziyoratgohi, Fayoztepa majmuasi, O’rta Osiyoda yagona bo’lgan Termiz arxeologiya muzeyi hamda “Yoshlar markazi” binosiga sayohat qilishdi. Har bir majmuaga tashrif buyurgan yoshlarga git tomonidan u yerning tarixi, alohida jihati va e’tiborga molik xususiyati haqida to’xtalib o’tildi.

Ta’kidlash joizki, bunday sayohatlar yoshlarimizda birinchi navbatda, milliy g’urur, vatanparvarlik tuyg’ularini oshiradi. Sayohatdan bir olam quvonch va taassurotlar olgan yoshlar, uyga qaytganda ko’rganlari haqida tengdoshlariga aytib berishini xursandchilik bilan ta’kidlashdi.