“Yoshlar uylari”ni birga quramiz! 

Siz uchun qurilayotgan "Yoshlar uylari"ni qanday bo‘lishini xohlaysiz? Fikringizni qoldiring!!!

Avval habar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2018-yildan boshlab yangilangan loyihalar asosida zamonaviy talablarga to‘la javob beruvchi "Yoshlar uylari"ni qurish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi O‘zbekiston Respublikasi "Davarxitekqurilish" qo‘mitasi hamda "Toshuyjoyliti" aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda "Yoshlar uylari"ning yangi loyihasini ishlab chiqmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda "Yoshlar uylari"ning loyihalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ushbu aksiyada faol ishtirok etishga barcha yosh oilalarni hamda yoshlarni chorlab qolamiz.

Buning uchun siz quyidagi savollarga javob bersangiz kifoya.

1. 2 xonalik uylarning umumiy maydoni qancha bo‘lishini xohlaysiz?

(Avvalgi loyihada 47m2, yangi ishlab chiqilgan loyihada 60m2)

2. 3 xonalik uylarning umumiy maydoni qancha bo‘lishini xohlaysiz?
(Avvalgi loyihada 57m2, yangi ishlab chiqilgan loyihada 72m2)

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 7 qavatlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida 4 qavatlik, tumanlar va chekka qishloqlarda 2 qavatlik uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Unutmang, ertaga bu uyda Siz yashaysiz!
Taklifingiz o‘zingiz uchun muhim!