Yoshlar va talabalar festivali haqida nimalarni bilamiz?

14-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida o‘tkaziladigan XIX umumjahon yoshlar va talabalar festivalida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi qatnashish uchun uchib ketadi.

Ma’lumot o‘rnida, umumjahon yoshlar va talabalar festivali 1947-yildan buyon Xalqaro talabalar ittifoqi bilan hamkorlikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro yoshlar nodavlat tashkiloti Jahon Demokratik Yoshlar Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro tadbir hisoblanadi.

Festivalning asosiy maqsadi – turli mintaqalardagi yoshlarni birlashtirish, shuningdek, eng dolzarb masalalar va muammolarga munosabatni shakllantirishdan iborat.

Hozirgi kunda, saralab olingan 50 nafar nomzod bilan "Yoshlar ijod saroyi"da festival davomida bo‘lib o‘tadigan milliy-madaniy kunga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Kuni kecha Markaziy Kengashda festivalga tayyorgarlik ishlariga bag'ishlangan yig'ilish ham bo'lib o'tdi!