“Yosh kuch” jurnali

“Yosh kuch” jurnali – katta hayot ostonasidagi yoshlar uchun davrning dolzarb masalalariga jalb etuvchi kreativ loyihalar, kecha va bugunning eng qiziqarli hodisotlari, musiqa va kino yangiliklari, yulduzlar bilan intervьyular, muhabbat tarixlari, modaning ilg’or tendentsiyalari, eng yaxshi stilistlardan tavsiyalar, psixologiyaga oid mavzular, san’atning tirik afsonalari bilan fotosessiyalar – har bir sonimizda! Jurnalning muassisi: O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi.

“Yosh kuch” jurnalining asosiy vazifasi respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ta’lim sohasidagi islohotlarni keng yoritish, o’smirlar va yoshlarda milliy istiqlol tuyg’ularini shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib qilish, yoshlarning ma’naviyati yuksak, komil insonlar bo’lib yetishishiga hissa qo’shishdan iborat.