Yoshlar ovozi-FM

Efir chastotasi – FM 90.8 MNz;

Efir hududi – Toshkent shahri va Toshkent viloyati;

Efirga uzatish vaqti – har kuni, 24 soat;

Efirga uzatish tillari – o‘zbek, rus, ingliz;

Tinglovchilar auditoriyasi – 7-30 yosh.

 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yoshlar ovozi-FM” yoshlar radiokanali o‘z eshittirishlar orqali yoshlar manfaatlarini ko‘zlab, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, iqtidorli yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi.

Radiokanal eshittirishlarining asosiy qismi yosh tinglovchilar auditoriyasi uchun qiziqarli bo‘lgan musiqiy, axborot-yangilik, yoshlar hayotining turli jabhalariga oid dasturlardan iborat bo‘ladi. Dasturlarda taniqli san’at arboblari, aktyorlar va tajribali jurnalistlar qatnashadi.

Eshittirishlarga yosh avlodning munosib vakillari jalb etiladi, u yoki bu mavzuda qisqa savol-javoblar, radio-shoular uyushtiriladi, shuningdek, yoshlar muammolari bilan bog‘liq turli masalalar muhokama qilinadi va zamonaviy usullardan foydalangan holda ingliz tilini o‘rgatuvchi radiodarslar tayyorlanadi.

Radiokanal formatiga muvofiq musiqiy kompozitsiyalar va qo‘shiqlar qat’iy tanlov asosida saralab olinadi va bunda ularning ma’no-mazmuniga, badiiy, professional talablarga javob berishi inobatga olinadi.

Radiokanal faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu yoshlar hayotida ro‘y berayotgan yangiliklar, yoshlar tashkilotlarining faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yetakchi hamda sardorlarining yutuq va tajribalarini yoritishdan iboratdir. Shu maqsadda, radioefirning kundalik dasturlarida Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgan turli loyihalar muntazam ravishda targ‘ib qilinadi.

Radiokanal bolalar hayoti, shuningdek, “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatiga taalluqli, taxminan 15 yoshgacha bo‘lgan tinglovchilar uchun mo‘ljallangan turli janrdagi ma’rifiy va tarbiyaviy eshittirishlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borishga alohida ahamiyat qaratadi