“Yoshlar ovozi” gazetasi

Gazetaning muassisi: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi.

Gazetaning asosiy maqsadi: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini, yoshlarning o‘qishi, mehnat qilishi, dam olishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy jihatdan kamol topishi masalalari va uyushmagan yoshlar muammolarini yoritish. Yoshlarning islohotlarni amalga oshirish, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurishda ishtiroki, ularning milliy istiqlol g‘oyalari, milliy qadriyatlarga sadoqat, vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik ruhida, diniy aqidaparastlik, terrorizm, millatchilikka nisbatan murosasizlik kayfiyatida tarbiyalash masalalarini aks ettirish. O‘smirlar va bolalar tashkilotlari, xalqaro yoshlar harakati haqida xolis axborot berish.