“Yoshlar” teleradiokanali

"Yoshlar" teleradiokanali mamlakatimiz axborot makonida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi eng birinchi va yagona elektron ommaviy axborot vositasi sanaladi. Kanalning 51% O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga tegishli.

"Yoshlar" teleradiokanali faoliyatining asosiy yo`nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mamlakatni demokratik yangilash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida Yoshlarning ishtirokini keng yoritish;
  • umuminsoniy qadriyatlarni targ`ib qilish, yigit va qizlarni xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy qadriyatlari, milliy madaniyatimiz va jahon sivilizatsiyasining ilg`or yutuqlari asosida ma’naviy-ahloqiy jihatidan etuk, ma’rifatli, bilimli hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz zamonaviy Yoshlarining ichki ma’naviy dunyosini nomoyon etishga yo`naltirilgan teleko`rsatuv tayyorlash;
  • yosh avlodning faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan respublika va xalqaro miqyosdagi turli telefestivallarni tashkil qilish;
  • xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosini saqlab qolishga, folklor-etnografik an’analarni rivojlantirishga, milliy hamda jahon adabiyoti, musiqasi, teatri, kinosi, tasviriy san’atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan muhim ijtimoiy, gumanitar-ma’rifiy teleko`rsatuvlarini tashkil qilish.

Efir soati: 24 soat.

Efir qamrovi: Respublika bo`ylab.