“Yoshlik” jurnali

“Yoshlik” – yoshlarning adabiy-ijtimoiy jurnali. 1982 yildan chop etila boshlangan.
O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy dunyosini boyitish, ularning ong-shuurini turli yot g‘oyalardan asrash, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, eng sara adabiy asarlarni targ‘ib qilish, adabiy va ijtimoiy hayotdagi eng dolzarb masalalarga jamoatchilik diqqatini qaratish, yosh iste’dodlarni kashf etish va yoshlarning badiiy-estetik didini shakllantirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish jurnalning bosh maqsadidir.